Proceedings of conference

250 Items
null

Konferensiya materiallari toʻplamida raqamli energetika va muqobil energiya sohasidagi eng dolzarb va innovatsion yechimlar taqdim etilgan. Ushbu to‘plam ilm olamining ilmiy fikrlar va innovatsion g‘oyalarning o‘ziga xos chorrahasidan biri deb fikr bildirish mumkin.

Ushbu anjumanda O‘zbekistonda va chet el mamlakatlarida ilmiy izlanish olib borayotgan olimlar va ilmiy izlanuvchilar ishtirok etdilar. Anjuman mavqeni oshirishda mahalliy va xorijiy oliy o‘quv yurtlarining professor-o‘qituvchilari salmoqli hissa qo‘shdilar hamda o’zaro fikr almashuv jarayonini sifatli va mazmunli o‘tkazdilar. Ishtirokchilar orasida doktorantlar, tadqiqotchilar va talabalarning ham ko‘pligi ushbu tadbirning ahamiyatini yanada oshirdi.

Xalqaro hamkorlik va bilim almashish raqamli energetika va muqobil energiya sohasidagi taraqqiyotning asosiy omillari hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, ushbu konferensiya energetika sohadagi so‘nggi yutuqlar va rivojlanish istiqbollarini muhokama qilish uchun asosiy platforma bo‘lib hizmat qiladi.

Konferensiya materiallari nazariy ishlanmalardan tortib amaliy yechimlargacha bo‘lgan keng ko‘lamli tadqiqotlarni o‘z ichiga oladi, bu esa ushbu sohadagi yondashuv va yo‘nalishlarning xilma-xilligini namoyish etadi. Umid qilamizki, ushbu kompilyatsiya (konferensiya) raqamli energetika va muqobil energiya sohasidagi zamonaviy tendentsiyalarga qiziqqan har bir kishi uchun foydali bo'ladi.

 Toʻplamga kiritilgan maqolalar va tezislar mazmuni hamda sifatiga mualliflar mas’uldir.

 

 

 

All Items

1-25 of 250